Get Mystery Box with random crypto!

'Mahramiyat tarbiyasi' haqida suhbatlashamiz! Mezana ilm mark | Azon kitoblari

"Mahramiyat tarbiyasi" haqida suhbatlashamiz!

Mezana ilm markazi va "Bir ilm" loyihasi hamkorligida tashkil etilgan "Kitob suhbatlari" onlayn marafoni davom etadi. Ushbu hafta farzand tarbiyasi bo‘yicha bir qancha kitoblar muallifi, turkiyalik taniqli yozuvchi Adam Guneshning "Mahramiyat tarbiyasi" nomli kitobi bo‘yicha ovozli suhbat o‘tkaziladi.

Ushbu suhbatda eng faol qatnashgan ishtirokchilarga maxsus kitob hadya sifatida beriladi.

31-mart, juma, soat 15:00 da
"Mahramiyat tarbiyasi" kitobi asosida
"Mezana ilm markazi" telegram kanalida

Suhbatda ishtirok etish

Mezana – ilmni odob bilan o'rganamiz!

#kitob_suhbatlari

Kanalga ulanish: @mezanauz