Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk musobaqa Musulmonlar katta musobaqani boshlaganlar, bu | Azon kitoblari

Buyuk musobaqa

Musulmonlar katta musobaqani boshlaganlar, bu natijasi oxiratda e’lon qilinadigan musobaqa!

Ro‘za tutgan musulmon borki, musobaqa qatnashuvchisidir. Mukofot esa - Alloh Taoloning rahmati..Roziligi..Jannat..

Musobaqaning bitta sharti taqvo, qo‘shimcha shartlari juda ko‘p: ro‘za, Qur’on tilovati, taroveh namozi, ota-onaga yaxshilik, istig‘for, duo, tahajjud, ehson, iftorlik qilib berish va hokazo.

Musobaqa bir oy davom etadi. G‘animat fursatlarni qo‘ldan boy bermang, eng oliy mukofot sizniki bo‘lishi mumkin!

“Ramazon sog‘inchi” kitobidan

@Azonkitoblari - Amal bilan ko‘rsating!