Get Mystery Box with random crypto!

Pushti panteradan voqea Pushti pantera filmida Inspektor Kruz | Aziz Rahimov

Pushti panteradan voqea

Pushti pantera filmida Inspektor Kruzo ko’chada shirin kuchukchani ko’rib qoladi.

Yonida turgan odamdan “-kuchugingiz tishlaydimi?” deb so’raydi.

“-Yo’q”, deb javob beradi, haligi odam.

Kruzo kuchukni boshini silash uchun qo’lini olib borganda, kuchuk tishlab oladi.

Kruzoni jahli chiqib e’tiroz bildiradi: “Kuchugim tishlamaydi deb aytmaganmidingiz?”

Haligi odam ensasi qotib javob beradi: “Bu kuchuk meniki emas”

Latifadan olinadigan dars:

Javobning sifati savolnikidan baland bo’la olmaydi.

@azizrakhimov_blog