Get Mystery Box with random crypto!

Sizdan boshqasi o’ylay olmaydi O’spirin farzandim o’lganidan | Aziz Rahimov

Sizdan boshqasi o’ylay olmaydi

O’spirin farzandim o’lganidan keyin hayotni qizig’i qolmadi degandilar. Yangi loyihalar boshladilar. Qimmat mashina olibdilar.

Otasidan vaqtli ajralgan kursdoshim, “ota sizsiz nima qilaman? Kimlarga tashlab ketdingiz” deb yig’lagandi. Hozir serfarzand, kulib yuribdi.

Hayot bizsiz ham davom etaveradi. Yoqishga harakat qilayotgan odamlarimizning barchasi yaqinda o’lib ketadi.

Meni eslab qolishsin deyayotgan odamlarimizning o’zlarini bir asrdan keyin unutib yuborishadi.

Odamlar nima derkin, qanday eslanar ekanman deb o’ylamang.

Oxiratingizni o’ylang. Aynan shuni sizdan boshqasi o’ylay olmaydi.

@azizrakhimov_blog