Get Mystery Box with random crypto!

Chiroyli tinglash Yaqin do’stim bor. Birinchi tanishishni o’z | Aziz Rahimov

Chiroyli tinglash

Yaqin do’stim bor. Birinchi tanishishni o’zidayoq qalin bo’lib ketganmiz.

Kim bilan tanishtirsam ular bilan ham yaqin bo’lib ketadi.

Sababini o’ylab ko’rdim. Topdim: Tinglash. Diqqat bilan tinglash. Suhbatni bo’lmasdan tinglash.

Keyin atrofga qaradim. Odamlar gapirishni xohlashyapti. Suhbatlarda tinglashmayapti, gapirish navbatim qachon kelar ekan deb kutishyapti.

Tinglash foydali, gapirish zararli bo’lgan joylarda ham o’zgarishmayapti.

Gapiraman degan ko’p. Tinglayman degan kam. Tinglovchilar qadri oshib boryapti.

Chiroyli gapirish mahorat deb yurardim. Chiroyli tinglash mahorat ekan.

@azizrakhimov_blog