Get Mystery Box with random crypto!

10% oldinda O’rgatishim, gapirishim uchun ekspert bo’lishim k | Aziz Rahimov

10% oldinda

O’rgatishim, gapirishim uchun ekspert bo’lishim kerak deb o’ylaymiz.

“O’rgatish sengamas” deydi ichki ovozimiz.

Yosh qizcha o’g’limga qo’yga ovqat berishni o’rgatdi. O’zi kecha o’rgangan.

Yoshi kattaroq bola qo’l siltab ketardi. “Shuniyam bilmaysanmi?” Derdi.

O’rgatuvchining yaqinda o’rgangani o’rganuvchiga ham foyda. Bilmagan payti esida. Qiynalgan payti esida.

O’rgatish uchun ekspert bo’lishni kutmang. O’rganuvchidan 10% oldinda bo’lsangiz yetarli.

@azizrakhimov_blog