Get Mystery Box with random crypto!

Firibgar sindromi Erishgan yutuqlarim o’zimnikimi? Darajamga | Aziz Rahimov

Firibgar sindromi

Erishgan yutuqlarim o’zimnikimi? Darajamga arziymanmi? Eplay olamanmi?

Odamlar iqtidor bilan emas, omad orqali erishganimni bilib qolishsachi?

Yozganlarim, gapirganlarim foydalimi?

Firibgar (impostor) sindromini boshidan o’tkazayotgan odamning fikrlari bu.

Shu savollarga aldanib, yana bilim, tajriba yig’ishim kerak deydi.

Atrofida, undan kam biladigan, ishonchi baland odamlar (D. Kruger sindromiga uchgan) o’tib ketayotgan bo’ladi. Hayron qoladi.

Bir sirni ochaman.

Blogimni 80 ta odam kuzatardi (shu yerdamisiz haliyam do’stlar?)

Maqola yozishdan oldin shu sindromni his qilardim. O’zim uchun yozyapman deb chiqarib yuboraverardim.

500 dan oshiq maqola yozdim. Yozish sifati ortdi. Ko’pchilik foyda olganini aytdi.

Haligacha impostor sindromini his qilaman. Hech qachon yo’qolmas ekan. O’rganib qoldim.

Aslida hamma sohada, hamma odamda ichidan shunday o’tadi. Darajamga arzimayman deb o’ylaydi. Bu rost. Hech kim egallab turgan darajasiga arzimaydi. Arzimasak ham Alloh beraveradi.

Berdimi, bekorga emas. Ishonchni oshirib davom eting.

@azizrakhimov_blog