Get Mystery Box with random crypto!

Xohishni aytish shart emas Odamlar biron nimani kuchli xohlas | Aziz Rahimov

Xohishni aytish shart emas

Odamlar biron nimani kuchli xohlashlarini aytishganida ishonmayman.

Kuchli xohishlar harakatga keltiradi:

Qorningiz ochgani, pul kerak bo’lgani, namozga kech qolish paytlaringizni eslang.

Pul topishni xohlaganida, topishga harakat qilayotgan bo’lardi, odamlarga yordam berishni xohlaganida yordam berayotgan bo’lardi. Ilm olishni xohlaganda, olayotgan bo’lardi.

Qilmayotgan narsasini xohlayman degan odam aldayapti. Avvalo o’zini aldayapti. O’zini o’ziga yaxshiroq ko’rsatmoqchi. Yoki asl xohishlaridan uyalyapti.

Nega endi kuchli xohishni aytishganda ishonmayman? Kuchli xohishni aytishga hojat yo’q. O’zi harakatlardan ko’rinib turadi.

@azizrakhimov_blog