Get Mystery Box with random crypto!

Meni tushunishmaydi Ichingizdagini tushuntiryapsiz. Tushunis | Aziz Rahimov

Meni tushunishmaydi

Ichingizdagini tushuntiryapsiz. Tushunishmayapti.

Ota-onangiz, do’stingiz, xodimingiz.

Ayb ularda deb o’ylaysiz. Odamlar meni tushunmaydi deysiz.

Ayb ularda emas. Ayb sizda.

Bilimi xar hil odamlarning suhbatini kishi va bolaning suhbatiga o’xshataman.

Bola kattaning darajasiga chiqa olmaydi. Vaqt kerak.

Katta esa tusha oladi. Sodda misollar kerak.

O’qituvchining mahorati bilishda emas. Sodda qilib tushuntira olishda.

Bilmagan narsasini tushunishi uchun mehnat qilishini kutmang.

Siz bilgan narsangizni soddalashtirish uchun mehnat qiling.

Soddalashtira olmayapsizmi?

Unda hali o’zingiz ham yaxshi tushunmabsiz.

@azizrakhimov_blog