Get Mystery Box with random crypto!

Harakatning ovozi baland Va’dani bajarish muhim deyman, Kech | Aziz Rahimov

Harakatning ovozi baland

Va’dani bajarish muhim deyman,

Kech qolaman.

Ilmda foyda ko’p deyman,

Kitob o’qimayman.

Vaqtni asrash kerak deyman,

Kino ko’rib yotaman.

Gapimga qarash kerakmi?

Harakatimgami?

Harakatimga.

Gaplar o’zimniki bo’lmasligi mumkin,

Harakatlarim o’zimniki.

Ishni qilib qo’yaman.

Sababini keyin topaman.

Teskarisi emas.

Gap quruq deyilishi bekorga emas.

Gapga kuchni harakat beradi.

Harakatning ovozi baland.

@azizrakhimov_blog