Get Mystery Box with random crypto!

Chang’idan maqsad Birinchi marta chang’i uchganimda, Maqsad | Aziz Rahimov

Chang’idan maqsad

Birinchi marta chang’i uchganimda,

Maqsad — finishga tez yetib olish deb o’ylardim.

Professionallar biladi,

Tez yetib olish emas,

Yo’l tugab qolgunicha chiroyli burilishlar qilish — maqsad.

Jarayondan zavqlanish — maqsad.

Qolgan narsalar ham shunday.

Farzand katta qilib, uzatib yuborish maqsad emas,

Har bir kulgusidan mazza qilish — maqsad.

Biznes qurib boyib ketish maqsad emas,

Jamoa bilan birga o’sish — maqsad.

Yuzta kitob tugatish maqsad emas.

Kitob o’qishni o’zi maqsad.

@azizrakhimov_blog