Get Mystery Box with random crypto!

Muhim odamlar Hamkasblaring kim bo’lishi o’ta muhim. Nima i | Aziz Rahimov

Muhim odamlar

Hamkasblaring kim bo’lishi o’ta muhim.

Nima ish qilishingdan muhimroq.

Qancha pul topishingdan muhimroq.

Hamkasblaring bilan ota-onangdan ko’proq vaqt o’tkazasan.

Farzandlaringdan ham.

Do’stlaringdan ham (hamkasbing do’sting bo’lsa omading kelibdi)

Ular nimani muhim deb bilishi,

Qay darajada tez o’rganishi,

Turli sohalarda bildirgan fikrlari,

Ozginadan keyin seniki bo’lib qolganini bilmay qolasan.

O’zing o’xshaging keladigan odamlar bilan ishla

Birga ishlamagan bo’lganingda ham, gaplashadigan odamlaring bilan ishla


@azizrakhimov_blog