Get Mystery Box with random crypto!

Oldinga o’tib ketish haqida o’ylamay qo’yasan Bir Tahajjudga | Aziz Rahimov

Oldinga o’tib ketish haqida o’ylamay qo’yasan

Bir

Tahajjudga turishga kuchli imon kerak

Imoni kuchli odam orqada qolayotgan bo’lsa ham hotirjam bo’ladi

Hammasi reja bo’yicha ketayotganini biladi

Ikki

80% odam sakkiz soatlik ish vaqtining to’rt soatidagina ishlaydi*

To’liq ishlashlik bilan ikki barobar samaraliroq bo’lasan

Yoningdagilardan ajralib, o’tib ketishni boshlaysan

O’zing esa o’tish haqida o’ylamay qo’yasan

Vaqting bo’lmaydi, o’ylashga

Uch

Kunlik qilayotgan har bir ishing haqida kitob o’qiding

Dining, nafsing, ishing, munosabatlar, ovqatlanish va hattoki uxlash haqida ham

Uchta kitob seni sohadagi 97% odamdan ajratib qo’yadi

Dunyoqarashing kengayib, poyga faqat pulda emasligini ko’rasan

Sog’liqda, savobda, hotirjamlikda, fikrlashdagi poygalar ko’rinmasligini sezasan

Faqat bittagina poygada o’tib ketish haqida o’ylamay qo’yasan

To’rt

Imoning va ilming oshdi

Amallaring orqada qolayotganini sezasan

Boshqalar bir chetda turib tursin

Amalingni ilmingga yetkazish poygasi

Haqiqiy poyga ekanligini tushunib yetasan

——————

Kechagi postning oxirga gapiga izoh

*Amerika statistikasi, Den Kennedy — No B.S. Management

@azizrakhimov_blog