Get Mystery Box with random crypto!

Mening kuchli tarafim nima? So’zi o’tkir odam — yozishi, yelk | Aziz Rahimov

Mening kuchli tarafim nima?

So’zi o’tkir odam — yozishi, yelkasi keng odam — suzishi kerak

Iqtidoring bor ishni qilsang, qiynalmaysan, oson pul topasan, kattaroq natijalarga erishasan

Ibn Hazm aytganlaridek, Jo’xori o’sadigan joyga bug’doy ekkan odam nodondir. Yerni bekorga sarflabdi. Hech narsa ekmagan emas karl, bug’doy ekkan odam!

Lekin muammo shundaki sen o’zingni kuchli taraflaringni bilmaysan

Nafaqat sen, hech kim bilmaydi

Tez yuradigan odam o’zini tez yuraman deb o’ylamaydi, boshqalarni sekin yuradigan deb o’ylaydi

Yaxshi tinglovchi, o’zini zo’r tinglovchigini emas, boshqalarni eshita olmasligini sezadi

Iqtidor shunday narsa, egasiga ko’rinmaydi

Biror narsaga qiziqasan degani, iqtidoring bor degani emas (O’yin o’ynashu, kino ko’rishga kim qiziqmaydi?)

Iqtidor = boshqalar bilan bir xil harakat qilasan, natija yaxshiroq chiqaveradi.

Shu darajada yaxshiroq chiqadiki, boshqalar buni sezishadi. Aytishadi.

Agar aytishmasa so’rash kerak

Ota-onadan

Ustozlardan

Yaqin do’stlardan

“Mening kuchli tarafim nima?” deb

Takror - takror keladigan javob iqtidorning belgisi bo’ladi

@azizrakhimov_blog