Get Mystery Box with random crypto!

2011-yil Pele Neymarni sudga bermoqchi bo'lgan. Gap shundaki | Azizjon Mirsaidov

2011-yil Pele Neymarni sudga bermoqchi bo'lgan.

Gap shundaki o'sha yili Libertadores kubogi finali o'yini oldidan Pele Santos klubi mashg'ulotlar bazasiga qo'lida bir plakat bilan kirib keladi. Futbol qiroli to'g'ri matbuotchilarni oldiga borib plakatni ochadi.

Pele: " Ko'ryapsizmi bu 58-yildagi Pele. Uning o'sha paytdagi soch turmagi shunday ko'rinishda bo'lgan. Hozir bu turmak Neymarda ham bor. Uning muxlislari ham shunday soch turmagiga ega hozir. Meni brend soch turmaganimni og'irlagani uchun Neymarni sudga bermoqchiman" deya hazil qilgan Pele.

Ma'lumot uchun Santos jamaosi va Neymar o'sha finalda g'olib bo'lgan.


@Mamadiyor_Muxtorov