Get Mystery Box with random crypto!

Ha aytgancha, mavzudan tashqari bo’lsa ham aytay. Bugun qishlo | Azizbek Berdiyev

Ha aytgancha, mavzudan tashqari bo’lsa ham aytay. Bugun qishloqdagilar bilan gaplashgan edim. OpenBudjet ga nima qo’yilgan, man hali ovoz bermadim deb so’ragandim.

Qishloq yo’llari qo’yilgan ekan. Bolalar qishda maktabga borishga ancha qiynalishadi, yomg’irli mavsumda ko’lmaklar bo’lgani bois ba’zilar borishmaydi maktabga, ilm olisha olmaydi.

Xullas, kimdir agar ovoz bermagan bo’lsa, ovoz berib qo’ysanglar xursand bo’lardim. Ilm olish masalasida, boshqacha qarashga ega bo’lganim uchun ovoz berishlaringni so’rayapman, boshqa narsa bo’lsa so’ramasdim)

Bu hech qanaqa reklama yoki boshqa narsa emas, o’zimni qishlog’im. O’sha joyda tug’ilganman va biroz bo’lsa ham foydam tegsin deb yozdim kanalga shu xabarni

Ovoz berish uchun link
https://openbudget.uz/boards-list/1/bdae9ef7-9489-4538-81f1-fe560a0f25b2#:~:text=Umumiy%20ovozlar%20soni,5820