Get Mystery Box with random crypto!

​​Odamlar ulg'aygan sari siyqasi chiqqan, ko'pchilik tomonidan | Aziz Khushvaktov

​​Odamlar ulg'aygan sari siyqasi chiqqan, ko'pchilik tomonidan aytilgan gaplarni gapira boshlashadi. "Yaxshi o'qi", "unday qilma, bunday qil" va hokozo. Farqi shunda-ki, endi ular bu gaplarni kimdandir eshitgani yoki qaysidir kitobda o'qigani uchun emas, amalda tasdig'ini topgani uchun, chin dildan, boshqacha bir samimiylik, pushaymon, armon to'la so'zlar bilan gapirishadilar. Sen bilan men kattalarning gapini olmaymiz-da, xuddi ular ham olmaganlaridek! Ko'zimizga chiroyli ko'ringan buyumlarni o'zimizniki qilgimiz kelganidek xatolarni ham o'zimizniki qilgimiz kelaveradi go'yo.