Get Mystery Box with random crypto!

Baʼzida hayronman taqdir ishiga, Insonni sabrini sinarkan h | Azizbek ✍️

Baʼzida hayronman taqdir ishiga,
Insonni sabrini sinarkan hayot.
Mehrimiz oʻlashsak biron kishiga,
Ranjitib ogʻritar koʻnglimiz nahot.

Boylikning ortidan quvib odamzod,
Umring oʻtganin bilmayin qolarkan.
Olamga jar solib yigʻlashsada dod,
Qalbiga yaqinlar gʻamlar solarkan.

Qaddimiz sindirar oʻtkinchi dunyo,
Mansab deb unutdik oqibatni ham.
Shayton hiylasiga oʻchdikmikan yo,
Bugunchi koʻzlardan sizilmoqda nam.

Bemorning xolidan olmaymiz xabar,
Yaltiroq qogʻozni ustun bilganmiz.
Lek mayshat domiga qilarmiz safar,
Boridan ayrilsak yurak oʻyganmiz.

Yonarmiz doʻzoxning oʻtida bir kun,
Yurakda bitmaskan jarohat tugun.
Savolga javoblar qorongʻu yakun,
Koʻnglimiz oʻksitib shodlanar nahot.

Baʼzida hayronman taqdir ishiga,
Insonni sabrini sinarkan hayot.
Mehrimiz oʻlashsak biron kishiga,
Dilimiz ranjitib boqishar nahot.