Get Mystery Box with random crypto!

Indamadim qoʻl tutganda qoʻl bermasa Gulman degan tikanlarga i | Azizbek ✍️

Indamadim qoʻl tutganda qoʻl bermasa
Gulman degan tikanlarga indamadim
Kulgunimcha yoʻl toʻsib yoʻl bermasa
Meni yomon deganlarga indamadim

Qoʻlim qadoq boʻlsa tashvish zahmatlardan
Boshim koʻkka yetgusidir rahmatlardan
Nolimay hech boʻhton gina tuhmatlardan
Meni yomon deganlarga indamadim

Yoʻqlab kelar boʻlsa nogoh dard-u alam
Kechib ketsa sevdim degan qoshi qalam
Alloh koʻrib turibdik-u deb har qadam
Meni yomon deganlarga indamadim

Gʻiybat qilib gar ortimdan toshlar otsa
Doʻstman deya dushmanimdek sirim sotsa
Malomatlar gar dilimga ogʻir botsa
Meni yomon deganlarga indamadim

Meni yomon deganlar sizlar yaxshisizlar