Get Mystery Box with random crypto!

Azik 🧑🏻‍💻

Telegram kanalining logotibi azikblog — Azik 🧑🏻‍💻 A
Telegram kanalining logotibi azikblog — Azik 🧑🏻‍💻
Kanal manzili: @azikblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 97
Kanalning ta’rifi

Ish joyingizni emas ishingizni seving.
O'rganaman . Qayd qilaman. Takrorlayman. Tahrirlayman. Ulashaman.
Savollar uchun : @Dataengin_bot
Shaxsiy: @Rashidov97

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-11-10 07:04:30
#IlmXorBo'lmas

Yaqinda facebookda kechgan qisqartirishlar sababli ko'plab iqtidorli insonlar ishsiz qolayotganiga ko'zingiz tushayotgandir. Rasmda keltirilgan inson ham aynan shu qisqartirilish sababli ishsiz qolganini linkedinda post qilib qoldiribdi. Bu 4200 ga yaqin insonni qiziqishiga sabab bo'libdi va izohlar qismida bir nechta recruiterlar yaxshigina korxonalarga ishga taklif qilishibdi. Bunga asosiy sabab, akadagi nufuzli universitetlardan olgan ilmi va tajribasi deb o'yladim.

#Xulosa: Ilmli inson xor bo'lmas. Yaxshi kadrlar doimo talash bo'ladi.
138 viewsAzamat Rashidov, 04:04
Ochish/sharhlash
2022-11-06 19:35:37
Kecha Janubiy Koreyada “Mugunghwa” tez yurar poezdi relsdan chiqib ketganligi uchun boshqa yoʻnalishlardagi tez yurar poezdlarning kechikishiga sabab boʻldi.

Daegu shaxridan Seulga 23:30 da joʻnashi kerak boʻlgan poezd kechikib 01:30 larda joʻnadi. Poezd joʻnashi bilan barcha noqulayliklar uchun uzur soʻrab kechikkan xar bir soat uchun kompaniya pul toʻlab berishligini, yetib borgandan keyin kompensatsiyaga ariza toʻldirish mumkinligini aytishdi.

Bizni erkatoy “havo yoʻllari” mizga ham qachondir insof kirib qolar…

Azik
149 viewsAzamat Rashidov, edited  16:35
Ochish/sharhlash
2022-11-06 09:05:13
Yoshlar uchun IT sohasida bepul ta'lim olish va mukofot jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonga start berilmoqda

Yoshlar ishlari agentligi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi hamkorligida MohirFest 2022 festivaliga start berilmoqda.

Qatnashish bepul.
Ro'yxatdan o'tish uchun:
mohirdev.uz/mohirfest

Toʻliq ma’lumot:
https://t.me/sariqdev/1211
133 viewsAzamat Rashidov, 06:05
Ochish/sharhlash
2022-10-28 03:03:35
Quyidagi katta kompaniyalarning Boshqaruvchi direktor (CEO) lari hindlardir.

CEO of Google
CEO of Microsoft
CEO of Adobe
CEO of Twitter
CEO of Mastercard
CEO of Pepsi
CEO of IBM
CEO of Albertsons
CEO of Netapp
CEO of Nokia
CEO of Palo Alto
CEO of Arista
CEO of Novartis
CEO of Deloitte

Endi Buyuk Britaniya Bosh vaziri ham asli kelib chiqishi hind hisoblanadi.

Bu inson kapitali rivojlanishining yakuniy natijasidir. Hindiston inson kapitaliga sarmoya kiritishni birinchi o'ringa qo'ydi va buning natijasida uning fuqarolari butun dunyoda inson faoliyatining turli sohalarida ustunlik qilmoqdalar.

Ularning inson kapitalini rivojlantirish faqat intellektual faoliyat bilan cheklanib qolmaydi, balki ular ajoyib ish odob-axloqi va yuqori darajadagi halollikka ega, bu esa ularni bo'lajak ish beruvchilar uchun bebaho qiladi.

(c) Linkedin

Azik
376 viewsAzamat Rashidov, 00:03
Ochish/sharhlash
2022-10-27 06:58:43
Coursera O‘zbekiston uchun kodlashtirish va ingliz tilini o‘rganish uchun 1,2 millionta tekin akkaunt ajratgan. Undan 2023-yildan boshlab foydalanish mumkin bo‘ladi.

Manba : kun.uz

P.S: Ma'lumot uchun Coursera eng mashxur onlayn platformalardan biri hisoblanadi. Undagi kurs narxlari bir oyda 40-50 $ atrofida. Platformada hatto ba'zi mashxur unversitetlarning bakalavr yoki magistr bosqichini onlayn bitirishingiz ham mumkin.

Azik
166 viewsAzamat Rashidov, edited  03:58
Ochish/sharhlash
2022-10-26 15:07:31 https://link.medium.com/jZHP72ckrub
137 viewsAzamat Rashidov, 12:07
Ochish/sharhlash