Get Mystery Box with random crypto!

PIRAMIDA - ilmga oshno qalblar maskani! Assalomu alaykum. Q | Azamat Yuldashov || shaxsiy blog

PIRAMIDA - ilmga oshno qalblar maskani!

Assalomu alaykum. Qadrli doʻstlar! Sizlar bilan bir yaxshi yangilikni boʻlishmoqchiman. Xudo xohlasa, "PIRAMIDA - ilmga oshno qalblar maskani!" ilmiy-ommabop nashrini chiqarishni reja qilib turibmiz!

Bu nashr oʻz ichiga gumanitar sohalar - tarix, adabiyot, sanʼat, adabiyot va shu kabi boshqa yoʻnalishlarni oʻz ichiga olib, Siz bu nashrga ham oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin!

Ilmiy maqola, hikoya va sheʼrlaringiz, tarjima va shu kabi ijod namunalaringizni ushbu nashrda koʻrmoqchi va Ona yurtimiz - Oʻzbekistonda ilm-fanning yoyilishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz: @AsadbekBahtiyorov ga murojaat qilishingiz soʻraladi...

Nashrning birinchi soni, Xudo xohlasa, 20-aprelga (2023-yil) rejalashtirilgan, materiallar qabuli 13-aprelgacha!

Ilm davrasidan chetda qolmang!

Unutmang, oʻzimiz uchun oʻqiymiz va eng saralarini Sizga ham ilinamiz!

Hurmat bilan Asadbek Bahtiyorov!