Get Mystery Box with random crypto!

IELTS testining Reading qismida yuqori ball olishga yordam ber | 𝐀𝐳𝐚 𝐬𝐡𝐞𝐞𝐲𝐱'𝒔 𝐁𝐋𝐎𝐆 🇺🇿/🇺🇸

IELTS testining Reading qismida yuqori ball olishga yordam beruvchi 6 xil usul.

Skimming va Scanning
1. Skimming va Scanning. IELTS imtihonining Reading qismida muvaffaqiyatga erishish uchun Skimming va Scanning usulidan mohirona foydalanishingiz kerak. Skimming – tez o’qish orqali vaqtni tejab material haqida umumiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Undan tashqari, skimming materialning asosiy g’oyasi, shuningdek materialning boshqa qismlari bilan o’xshash va farqli jihatlarini tushunish uchun xizmat qiladi. Bu usuldan kerakli joyda foydalanilsa hatto materialning biror parchasini o’qish yoki o’qimaslik qarorini to’g’ri qabul qilish mumkin. Scanning - bu tez o'qish orqali matn ichidan aniq tafsilotlarni topishga qaratilgan usul. Scanning odatda matndagi faktlarga boy parchalarni aniqlab, ular yordamida savollarga aniq javob berish uchun ishlatiladi. Agar matn parchasini Skimming qilganimizda foydali manba deb hisoblasak Scanning usulining quyidagi ketma-ketligini bajarish orqali savolga aniq javob topish mumkin:

Avval savolni o'qib unga mos satrlarni aniqlang va o'zingiz uchun kerakli kalit so'z yoki iboralarni belgilab oling;
Bir satrda bitta kalit so'z yoki iborani belgilashga harakat qiling;
Belgilangan kalit so'z yoki ibora joylashgan gaplarni diqqat bilan o'qib chiqing.

Tezroq o’qishga harakat qiling
2. Tezroq o’qishga harakat qiling. IELTS imtihonining Reading qismida vaqt chegaralangani sababli matnni tez o’qish katta ahamiyat kasb etadi. Tez o’qishni rivojlantirish matnga tezda ko’z yugurtirib chiqish demakdir. Bu bilan matn orasidan savollarga javobni tez va aniq topish imkoniyatiga ega bo’lasiz.


Matnni to’liq tushunishga harakat qilmang
3. Matnni to’liq tushunishga harakat qilmang. Sizning vazifangiz savollarga javob berish xolos. Aksariyat savollar matn ichidan kerakli ma’lumotni topib uni tushunish uchun beriladi. Faqatgina matn parchalariga mos sarlavhalarni belgilash va umumiy sarlavhani aniqlash kabi savol berilganda matnni to’liq tushunish talab etiladi.


So’z boyligingizni rivojlantiring
4. So’z boyligingizni rivojlantiring. Ko’plab test topshiruvchilarning yuqori ball ololmasliklarining asosiy sababi so’z boyligining zaifligidadir. So’z yodlash bilan birga uni qachon va qayerda ishlatish ham muhim. Bunday vaziyatda testning Reading qismida yangi so’z va ko’p uchraydigan iboralarni topib yod olish katta foyda beradi.


Imlo xatolarga e’tiborli bo’ling
5. Imlo xatolarga e’tiborli bo’ling. Gapni yakunlash kabi savol turlarida yozilgan javoblarning grammatik jihatdan to’g’ri bo’lishi kerak. Internetda shu mavzuga oid berilgan ko’p savollarning javobi imloviy xatolarga borib taqaladi. Xatolar ustida ishlash uchun ko’proq shug’ullanish tavsiya etiladi.


Ko’proq o’z ustingizda ishlang
6. Doim o’z ustingizda ishlang. Xato va qiyinchilik bor joyda o’sish ham bo’ladi. O’z ustingizda ishlashni odatga aylantirmas ekansiz maqsadga erishish qiyin. Eng yaqin do’stingiz ham, dushmaningiz ham o’zingiz bo’lasiz. Shunday ekan, maqsad sari intilishdan to’xtamang.


https://t.me/aza_sheeyx_blogs