Get Mystery Box with random crypto!

Qalamim shovvoz bo'l, kasb koring ko'rsat, Tarixim pardang oc | AYYORLIKLAR. Odiljon Muminov bilan!

Qalamim shovvoz bo'l, kasb koring ko'rsat,
Tarixim pardang och ruhsoring ko'rsat.
Ertak afsonalar medaga tegdi,
Haqiqat oshkor et oshkoring ko'rsat.

Bolalar, bobosin kimligin bilsin,
Shodli o'tmish hanuz jimligin bilsin.
Sardorlik qonida jo'sh urgan elim,
Yo'llari tikanli simligin bilsin.

Sodiq tonging otar, porlar quyoshing, Uzoring charog'on to'xtagay yoshing. Ilm-u fan ma'rifat xalqqa ibodat,
Debon iqror etsa qari-yu yoshing.

Mitti qorin uchun kezilsa sarson,
Non g'amida chopsa erkag-u ayol.
Bobolar bitigin kemirsa sichqon,
Ulg'ayish bo'lurmi ey aziz o'g'lon.


Xayrulla Hamidov