Get Mystery Box with random crypto!

Super 30 Hind kinolari haqida fikrim ijobiy. O'z kamchiliklar | Shaxsiy tavsiya

Super 30

Hind kinolari haqida fikrim ijobiy. O'z kamchiliklari va yutuqlari haqida doim film ishlashga harakat qilishadi. Bu Hindistonlik matematika o'qituvchisi Anand Kumar haqida biografik film. U Kembrijga kirishga muvaffaq bo'ladi lekin o'sha la'nati moliyaviy qiyinchiliklar deb o'qishga bora olmaydi. Filmda uning ko'chada papadam sotib yurganini ko'rib yig'lashdan o'zimni to'xtata olmaganman.

Qiyinchilik ko'rgan odam unga atrofdan yordamlar bo'lmasa odatda egoist bo'lib shakllanadi, kelajakda boshqalarni ham o'zi kabi qiynalishiga befarq bo'ladi. Men sizlarga bu filmni tavsiya qilishimdan maqsad bizdagi Anand Kumarlar ham egoist bo'lib qolmanglar.


@aytishnikman