Get Mystery Box with random crypto!

#shunchaki Oʻzbekistondagi taʼlim sohasi mani boʻlajak qayn | Aytilmaydigan gaplar

#shunchaki

Oʻzbekistondagi taʼlim sohasi mani boʻlajak qaynotamga oʻxshaydi. Yaʼni gapida turmaydi. Sovchi qoʻyganimga ancha boʻlganiga qaramay bir qizini beraman deydi bir bermayman deydi, bir beraman faqat sal keyinroq deydi (9-da emas, 18-dan oʻqish). Keyin yana sharoiting yaxshi boʻlsa, hozir beraman deydi(11-dan oʻqish). Oxiri man bilmayman, xotin aka hammasini hal qiladi deydi(hududiy hokimliklar hal qiladi oʻqish boʻlish boʻlmasligini).

P. S. Ayrim xabarlarga qaraganda Toshkentdagi maktablarga sovuq tufayli yana 18-gacha taʼtil berilgan emish.

P.P.S. Qizingni bersang ber nomard bermasang yoʻlimni ber.

@studentchahazillar