Get Mystery Box with random crypto!

Sevgisi yolgonim kanali

Telegram kanalining logotibi ayriliq_sherlari — Sevgisi yolgonim kanali S
Telegram kanalining logotibi ayriliq_sherlari — Sevgisi yolgonim kanali
Kanal manzili: @ayriliq_sherlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.68K
Kanalning ta’rifi

Hayotda uchta do'stim bor
Azoblarga chidagan yuragim
Yuragim uchun yig'lagan ko'zlarim
Ko'zlarim yoshini artgan qo'llarim
#Xasta_Yurag1m_N1
17. 08. 2021. Kanal ochldi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-07-03 06:34:10 Farangiz ijodizga omad
460 views ꦳꯭ꦿꦹ꯭꯭❀꯭𝐒꯭𝐎꯭꯭𝐋𝐈꯭𝐇꯭𝐀꯭❀꦳꯭ꦿꦹ꯭ ꦳꯭ꦿꦹ꯭, 03:34
Ochish/sharhlash
2022-07-03 06:33:13
#buyurtma

Seni juda sogʻindim....

Oradan oʻtdi oylar.
Bugun biroz ogʻrindim.
Mensizmi oʻsha joylar
Seni juda sogʻindim.


Esimda kulishlaring.
Yoki jim turishlaring.
Yolgʻondan urushlaring.
Ishon juda sogʻindim.


Hayolimda har kecha
Eslarman necha-necha
Sogʻingandirman sencha
Rosti juda sogʻindim.


Yuragimdasan abat.
Armon boʻlgan muhabbat
Senla qalbim toabad
Seni juda sogʻindim...


Sogʻindim koʻzlaringni.
Mehribon yuzlaringni.
Azizim soʻzlaringni
Bugun juda sogʻindim.


Bu sogʻinchim ezdi jon
Dilim ham boʻldi vayron
Yurakga aqlim hayron
Sevgim juda sogʻindim.


Sogʻinib yashagayman.
Visol qachon bilmayman
Eslaganda yigʻlayman
Seni juda sogʻindim.


Mayli joning sogʻ boʻlsin
Lablaring baxtdan kulsin
Sevgimiz sekin oʻlsin.
Lekin juda sogʻindim.


Qarshiyeva Farangiz
463 views FARANGIZ , 03:33
Ochish/sharhlash
2022-07-03 05:45:02 MANTAJ USTASI
GOLIBJON EGAMOV
IJRODA
Mubina
Muallif:
Farangiz Qarshiyeva
DILIMNI OGRITDI DILIMDAGILAR
433 views FARANGIZ , 02:45
Ochish/sharhlash
2022-07-02 12:49:02
Dilimni ogʻritdi dilimdagilar.....

Qarogʻim yoshlarga toʻldi bu zamon.
Nomlari aniq-ku, tilimdagilar.
Kurashib charchadim, qalbim ham vayron.
Dilimni ogʻritdi, dilimdagilar.


Soxtaga toʻlganmi asli bu dunyo.?
Qarshimda turadi yoʻlimdagilar.
Yaxshi kun orzumi.. yoki bir roʻyo?
Dilimni ogʻritdi, dilimdagilar.



Tabassum ortiga dardim yashirib.
Oxiri ketarmi,, qoʻlimdagilar.?
Yaxshi emas, yomonligim oshirib.
Dilimni ogʻritdi, dilimdagilar.


Mening aybim bitta, yoki gunohim
Oʻzimdek bilibman, koʻnglimdagilar.
Xudoga soldim-u, Xudo guvohim.
Dilimni ogʻritdi, dilimdagilar.


Koʻzlarim charchadi, yigʻlamam aslo.
Koʻringlar soʻlim-u, oʻngimdagilar.
Farangiz bilmayin aylasa xato.
Dilimni ogʻritdi, dilimdagilar.

Qarshiyeva Farangiz
494 views FARANGIZ , 09:49
Ochish/sharhlash
2022-06-27 15:32:48
Biz kulaylik, dunyo yigʻlasin.

Gʻam, alamdan charchar odamzot.
Bu boshini, qayga uradi.?
Dunyosiga baxtlar sigʻmasin.
Biz kulaylik, dunyo yigʻlasin..

Hayot yoʻlda yurib horganda.
Armonlarla toʻlib borganda.
Oʻylamaylik, oʻzga oʻylasin.
Biz kulaylik, dunyo yigʻlasin.


Hammamizdan dunyo qoladi
Ajal bir kun, jonni oladi.
Har kim bilganicha, kuylasin
Biz kulaylik, dunyo yigʻlasin.


Inson husni iymon bilan but
Qalam bilan qogʻoz soʻylasin.
Ey Farangiz, oxiratni kut.
Biz kulaylik, dunyo yigʻlasin.

Qarshiyeva Farangiz.
932 views FARANGIZ , 12:32
Ochish/sharhlash
2022-06-27 12:45:46 Ichimdagi chayonlarim

Zaxri yomon, chaqib olsa
Odam sifat ilonlarim.
Zardalari yurak ezar
Ichimdagi chayonlarim.


Nishlar nishi uzun-uzun.
Inson nomli, havonlarim
Asab buzar har bir soʻzi.
Ichimdagi chayonlarim

Haqoratdan boshim bezor
Ogʻriydi yurak, jonlarim
Koʻrsatadi faqat ozor.
Ichimdagi chayonlarim.


Qargʻamayman qargʻash gunoh
Olmasa olmas, yonlarim.
Aybim yoʻq-ku, Alloh guvoh.
Ichimdagi chayonlarim.


Mayli sizga insof soʻray.
Zoti pastmi?, asl xonlarim .
Oxitatingizni koʻray...
Ichimdagi chayonlarim.

Qarshiyeva Farangiz
803 views FARANGIZ , 09:45
Ochish/sharhlash
2022-06-24 18:32:46
Alloh uchun kechirdim-u, kulib qoʻydim


Gap irgʻitib kulganlarga, hazil yoʻydim.
Yaqinlarni ozoridan, koʻngil oʻydim.
Men notovon, bu hayotda doim kuydim
Alloh uchun kechirdim-u, kulib qoʻydim.


Tanishlarim toshin otsa, boshim egib.
Gʻururimning devoriga, yana tegib
Bir jonimga tashna ekan, doʻstim kelib.
Alloh uchun kechirdim-u, kulib qoʻydim.


Jazo, jabr koʻraverib, yigʻlab toʻydim.
Qadrim qarob qilguvchini, nohos suydim
Ota-onam kechiringlar, baxtdan kuydim
Alloh uchun kechirdim-u, kulib qoʻydim...


Jonim omon Yaratganga hamdlar aytay.
Sinovlardan bitta-bitta, sogʻlom oʻtay.
Ey roziman dunyosidan, xursand ketay.
Alloh uchun kechirdim-u, kulib qoʻydim.

Qarshiyeva Farangiz
1.1K views FARANGIZ , 15:32
Ochish/sharhlash
2022-06-23 20:30:04
1.0K views乂 Solihabegim 乂, 17:30
Ochish/sharhlash
2022-06-23 20:27:57
#buyutma she'r

Zarinam.


Maktab chogʻlarimda, sevardim seni
Oʻzingga aytmadim, kechirgil meni.
Oradan yillar ham, oʻtibdi endi
Holi ham sevaman seni Zarinam ..


Koʻnglimda borini, oshkor qilolmay
Sening ham dilingni, aslo bilolmay
Yigʻlardim ichimdan, chindan kulolmay.
Holi ham sevaman, seni Zarinam.


Qani oʻtgan vaqtni, qaytaraolsam.
Sevgilim, azizam, koʻnglingni olsam.
Yuraging tubida, manguga qolsam
Holi ham sevaman, seni Zarinam.

Qarshiyeva Farangiz
985 views FARANGIZ , 17:27
Ochish/sharhlash
2022-06-23 20:27:34
#buyurma she'r

Birinchi muhabbat.

Nozik hilqat erur, oʻshal tuygʻuyim.
Yodimga tushganda, oʻzing qaygʻuyim.
Kechirsang kechirgin, mening kulguyim.
Birinchi muhabbat, qalbdasan hamon .


Eslayman har bir on, qoshlar ham kamon
Sevaman demabman, hatto bir zamon.
Oʻzing yuragimda, katta bir armon .
Birinchi muhabbat, qalbdasan hamon.


Unutaman debman, oʻzim aldabman.
Pinhon sevgim bilan, koʻnglim avrabman.
Sensizlik azobin, afsus bilmabman.
Birinchi muhabbat, qalbdasan hamon.


Men seni sevardim, har bir nafasda.
Oshiqlarni koʻrib, koʻzim havasda
Bechora yuragim, mahzun qafasda.
Birinchi muhabbat, qalbdasan hamon.

Qarshiyeva Farangiz
906 views FARANGIZ , 17:27
Ochish/sharhlash