Get Mystery Box with random crypto!

Hayrli tun! Qani kelgin baxtim sening allangda, Uxlatib qoʻ | Аёл оламни тебратар

Hayrli tun!

Qani kelgin baxtim sening allangda,
Uxlatib qoʻyaylik alam, qaygʻuni.
Qalblarda koʻraylik sahar pallangda,
Qoʻyosh yangligʻ kulgan Mehr tuygʻuni.

Darvozangni ochgin kirib borsin nur.
Hovling sahnasiyu ayvonlaringga!
Derazangdan tushsin goʻdakkinangga.
Ifor taralsin gul- alvonlaringga.

Tuningiz osuda oʻtsin.