Get Mystery Box with random crypto!

Doim tabassum qiling... Allohning bergan ne'matlariga shukr q | Аёл оламни тебратар

Doim tabassum qiling...

Allohning bergan ne'matlariga shukr qiling...

Oilangiz bilan o'tirganingizda tabassum qiling, chunki oramizda oilali bo'lishni orzu qilayotganlar bor...

Ishga ketayotganingizda tabassum qiling, chunki ko'pchilik hanuz ish qidirib yuribdi...

Sog'-omon, ofiyatdaligingizda tabassum qiling, chunki oramizda har qancha narxga bo'lsa ham sog'liq sotib olishni orzu qilayotganlar bor...

Tirik bo'lganingizga, rizqingizni yeb yurganingizga tabassum qiling, chunki yaxshi ishlar qilib qolish uchun bir zumgina hayotga qaytishni orzu qilib yotgan qancha o'liklar bor...

Tabassum qiling, chunki duo qilsangiz, ijobat qiladigan Robbingiz bor, chunki kimlardur hayvonlarga sig'inib yuribti...

Tabassum qiling, chunki siz ayni o'zingizsiz... Sizdan boshqalar sizdek bo'lishni orzu qilishmoqda!

Tabassum qiling... hech bo'lmasa sadaqa qilgandek ajrga ega bo'lasiz ...


@ayololamm

https://t.me/joinchat/AAAAAELvgxdilykxiDHjDA