Get Mystery Box with random crypto!

Musulmonlikni davo qilgan kishi Paygʻambarimizni oʻz Ota onasi | Аёл оламни тебратар

Musulmonlikni davo qilgan kishi Paygʻambarimizni oʻz Ota onasini tanigandek tanishi zarur !

Paygʻambarimiz Rasululloh sollollohu alayhi va sallam, 6-asrda melodiy 571-yilda, robiul-avval oyining 12-kuni, dushanba kuni Makka shahrida tugʻilganlar, 40 yoshda nabiy boʻlganlar va melodiy 634-yili, hijratning 10-yili, robiul avval oyining 12-kuni dushanba kuni madinada 63 yoshda vafot etganlar.
99 ta ismlari bor shundan 4 tasini albatta bilishimiz kerak 

1-Muhammad 
2-Mustafo 
3-Mahmud 
4-Ahmad.

Jami 11 ta ayollari va 2 ta choʻrilari boʻlgan.
Rasululloh ayollarining ismlari:

1-Xadicha binti Huvaylit 
2-Savdo binti Zama 
3-Oisha binti Abu Bakr 
4-Hafsa binti Umar 
5-Zaynab binti Huzayma 
6-Ummu Salama binti Abu Umayya 
7-Zaynab binti Jaxsh 
8-Juvayria binti Horis 
9-Ummu Habiba binti Abu Sufyon 
10-Safiya binti Huyay 
11-Maymuna binti Horis 

12-(choʻri)Moria Qibtiya  
13-(choʻri)Rayhona

Paygʻambarimizning  otalarining ismi Abdulloh. 
Onalarining ismi Omina.  Dodalarining ismi Abdulmuttalib(Shayba )

9ta amakilari boʻlgan, shundan 5 tasi Paygʻambar boʻlmaslaridan avval vafot etgan,4 tasi Paygʻambarlik vaqtlarida yashab oʻtgan, ismlari:
1- Abu tolib.(mushrik boʻlgan)
2- Hamza. (moʻmin boʻlgan)
3- Abbos. (moʻmin boʻlgan)
4- Abu Lahab (mushrik boʻlgan)

6 ta ammalari boʻlgan
1- Sofiya
2- Ummu Hakim
3- Arvo
4- Barra
5- Otika
6- Umayma

Paygʻambarimizning 7 farzandlari boʻlgan: 4 ta qiz 3 ta oʻgʻil. Qizlarining ismi:
1- Ummu kulsum 
2- Ruqayya 
3- Zaynab 
4- Fotima 
Oʻgʻillarining ismi:
1-Qosim 
2-Abdulloh 
3-Ibrohim.
faqat Ibrohim oʻgʻillarini Moriya choʻrilaridan koʻrganlar, qolgan farzandlarini Hadicha Onamizdan koʻrganlar.

Tahminan 33 ming saxobalari boʻlgan, ulardan
10 tasi (asharai mubashshara) tiriklik vaqtida jannat bashoratini olgan sahobalar:
1-Abu Bakr Siddiq
2-Umar ibn Hattob
3-Usmon ibn Affon
4-Ali ibn abu Tolib
5-Abdurahmon ibn Avf
6-Zubayr ibn Avvom
7-Talhatul Ubaydulloh
8-Saad ibn abi Vaqqos
9-Abu ubayda ibn Jarroh
10-Said ibn Zayd..