Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiy rivojlanish uchun men qanday maslahat bergan bo'lardim | ..

Shaxsiy rivojlanish uchun men qanday maslahat bergan bo'lardim. "Queen/King mentality, supreme confidence" edition.

1. Qilishga qo'rqadigan ishingizni qilishni maqsadga aylantiring.

2. Rejalaringiz haqida hammani oldida ochiqcha ma'lumot bermang.

3. Doim o'zingiz bilan bloknot olib yuring.

4. Kundalik tuting. Har kuni qilgan ishlaringizni yozishingiz uchun emas, bugun erishilgan yutuqlar va ertangi qadamlar uchun.

5. 24/7 available bo'lmang. Sizni qidirishsin. Sizni izlashsin. Qo'ng'iroqlarga doim javob bermang, xabarlarga darhol javob yozmang. Darhol yozing, faqat muhim bo'lganlariga.

6. Har 5 daqiqada Telegramda nima gap ekan deyishni bas qiling. Instagramda hammani story larini ko'rib chiqmang, kim nima post qo'ygani bilan qiziqmang. Ular sizga qiziqishsin.

7. Do'stlar sonini kamaytiring. Tanishlaringiz ko'p bo'lsin. Qayerga borsangiz o'zingizga jamoa yig'a olishni o'rganing.

8. Ahmoqlardan nariroq yuring. Ular hamma joyda bo'lishi mumkin. Avtobusda, ko'chada, o'qishda, ishda, kontaktlaringizda, "qalbingizda".

9. Fikrlaringizga qo'shilmaydiganlar uchun hamma gapingizga isbot qidirishni bas qiling. Majbur emassiz. Fikrlaringizni o'zingiz uchun aksioma deb qabul qilishni o'rganing. Ular yutqazishni xoxlashyapti, qo'yib bering sizni pastda turib kuzatishlariga.

10. Hammaga xushmuomala bo'ling. Suyuq emas, samimiy xushmuomala bo'ling. Kezi kelganda sovuq xushmuomala bo'ling. Doim emas, faqat "kezi kelganda" dedim.


11. Yo'q javobini qabul qilgan odamingizga qaytib savol ham, taklif ham iltimos ham bildirmang.

12. Yo'q javobini qabul qilgan odamingiz sizga bir kun kelib iltimos bilan murojaat qilganida rad etmang. Bu uni yanada noqulay ahvolga soladi.

13. Xonaga hammadan keyin kirib keling. Kech emas, oxirida. Shunday kirib kelingki, siz o'tirishingiz bilan jarayon start olsin.

14. Hech kim bilmaydigan kamida 3 ta sirli maqsadingiz bo'lsin. Va bu maqsad ustida har kuni ishlashingizni faqat o'zingiz biling. Va bir kun kelib kimdir sizga "any hidden talents, skills?" desa, odamlarni mahoratingiz bilan lol qoldiring.

15. Hech qachon zalda, jamoat joyida tanishlaringiz bilan 2 soat kampot bo'lib, oshqatiq bo'lib gurung qilib qolmang. Band bo'ling, vaqtingiz tig'izligi hammaga bilinsin. Shunday inson bo'lingki, siz bilan suhbatlashish qiyin bo'lsin.

16. Hamma narsadan hayratlanishni bas qiling. Kimdir sizga nimadir ko'rsatib, yoki aytib hayron qoldirmoqchi bo'lsa, siz hayron bo'lib ketavermang. Barqaror bo'ling. Tinch. Hayron qoldirish qiyin bo'lgan. Hamma narsaga hayratlanib ketaveradigan emotsional insonlar ko'p qiynaladi. Qattiqroq bo'ling.

17. Sifatlardan foydalanishda ehtiyot bo'ling. Neytrallik muhim. Nutqingiz bilan odamlarni ko'nglini og'ritib/kamsitib/ajratib qo'ymang.

18. Postlarni ko'proq forward qilishni o'rganing. Qizg'onmasdan.

Manbaa: yupiterlik