Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 4-fevral 'Xalqaro saratonga qarshi kurashish kuni' Gar | Ayollar psixalogiyasi

Bugun 4-fevral "Xalqaro saratonga qarshi kurashish kuni"

Garchi xavfli oʻsma kasalligini davolash mushkul boʻlsada, uning oldini olish imkoni mavjud. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Xalqaro saraton tadqiqot agentligi (IARC) bu borada saraton profilaktikasining 12 yoʻlini ommaga taqdim etgan. Bular quyidagilar:

0Chekmang, har qanday tamaki shaklidan foydalanmang.

Yashash va ish joyingizni tamaki tutunidan xoli qiling.

Tana vazni meʼyorida boʻlishi uchun harakat qiling.

Kundalik hayotda jismoniy faol boʻling. Kun boʻyi oʻtirib vaqt oʻtkazmang.

Sogʻlom ovqatlanish tamoyillariga rioya qiling: koʻp miqdorda donli, dukkakli mahsulotlar, sabzavot va mevalar isteʼmol qiling, yogʻli ovqatlarni, shakar isteʼmolini cheklang;
qayta ishlangan goʻsht mahsulotlari, qizil goʻsht va shoʻr taomlardan imkoni boricha tiyiling.

Spirtli ichimliklar ichmang.

Quyoshda uzoq turmang, ayniqsa, bolalarni quyosh nuridan himoyalang.

Agar kimyoviy sanoat korxonalarida ishlasangiz, xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda, saraton chaqiruvchi moddalardan oʻzingizni himoya qiling.

Togʻli joylarda yoki radiatsiya xavfi boʻlgan hududlarda yashasangiz, radon radiatsiyasi bor-yoʻqligini aniqlang. Yuqori radon darajasini kamaytirishga harakat qiling.

Ayollar uchun: Emizish onaning saraton bilan kasallanish xavfini kamaytiradi. Agar imkoni boʻlsa, bolani emizish kerak.

Bolalaringizni emlash dasturida ishtirok etishlarini taʼminlang:
Gepatit B (chaqaloqlar uchun)
Odam papilloma virusi (HPV) (oʻsmir qizlar uchun).

Sut bezi, bachadon boʻyni, yoʻgʻon ichak, meʼda saratonining oldini olish boʻyicha skrining dasturlarida qatnashing.

Ayollar uchun foydali maslahatlar:
https://t.me/+SHNERB-bn7FhZjky