Get Mystery Box with random crypto!

Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat Bolangizga nasihat qilish | Ayollar psixalogiyasi

Ota-onalarga Qur’oniy olti nasihat

Bolangizga nasihat qilishdan charchamang. — Nuh alayhissalom ham oʻgʻillariga 950 yil nasihat qildi.

Farzandlaringizning ba’zi xatolarini koʻrmaslikka oling. — Ya'qub alayhissalom oʻgʻillari yolgʻon gapirib turganini bilsa ham hеch narsa dеmadi.

Oʻgʻlingiz yoʻqligidan mahzun boʻlmang. — Nuh alayhissalomga oʻgʻil sinov boʻldi. Shu’ayb alayhissalomga qizlari rahmat boʻldi. Qizlari Muso kabi ul azm paygʻambarga ayol boʻlish sharafiga erishdi.

Taqvo barcha narsaning kaliti. — Ibrohim alayhissalom taqvosiga munosib tarzda Ismoil alayhissalom bilan taqdirlandi.

Ona tarbiyachidir. — Hazrati Maryam ham Iyso alayhissalomni bir oʻzi tarbiya qildi va bu vazifani juda goʻzal tarzda amalga oshirdi.

Doimo duoda boʻling. — "Robbimiz, Oʻzing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan koʻzimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yoʻlboshchi et" (Furqon surasi, 74-oyat).

Ayollar uchun foydali maslahatlar:
https://t.me/+SHNERB-bn7FhZjky