Get Mystery Box with random crypto!

Juma – har bir daqiqasi Allohning marhamatiga to‘la bo‘lgan ku | Ayollar psixalogiyasi

Juma – har bir daqiqasi Allohning marhamatiga to‘la bo‘lgan kundir!

Bu kunda gunohlar mag‘firat etiladi:

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Kimki g‘usl qilib, pokiza kiyim kiysa va mushk bilan xushbo‘ylansa, masjidga shoshmasdan borsa va imom ma’ruzasini bo‘lmasdan eshitsa va namoz o‘qisa u kishi uyga o‘tgan jumadan beri qilgan gunohlaridan forig‘ bo‘lgan holda qaytadi”, dedilar.

Boshqa bir hadisda esa, “Kimki juma namozidan so‘ng, oyog‘ini almashtirmasdan turib quyidagi suralarni 7 martadan o‘qisa: Fotiha, Ixlos, Falaq va Nos suralarini, Alloh subhanahu va Taolo uning avvalgi va oxirgi gunohlarini kechiradi va uni mukofotlaydi, deganlar.

Jumaning xayr va barokati sizga bo'lsin! Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!

Ayollar uchun foydali maslahatlar:
https://t.me/+SHNERB-bn7FhZjky