Get Mystery Box with random crypto!

Uyimda hamma narsa buzilmoqda Hech qanday sabablarsiz idish- | Ayollar psixalogiyasi

Uyimda hamma narsa buzilmoqda

Hech qanday sabablarsiz idish-tovoqlar sinadi yoki tuppa-tuzuk ishlab turgan texnikalar buzila boshlaydi. Bunday vaziyatda nimaga e’tibor qaratish kerak?

Singan idishlar.
Tez-tez va besabab uyingizda idishlar sinyaptimi? Unda siz uyingizdagi psixologik holatga e’tibor qarating. Janjallar, xafagarchiliklar salbiy energiyaning toʻplanishi natijasida idish-tovoqlar sina boshlaydi.

Santexnika vositalari bilan muammo.
Uyingizda quvurlar yorilib, qoʻshningiz suv toshirib yuboryaptimi? Bu sizda moliyaviy savodxonlik sustligidan darak beradi. Pullar bilan muomalani yoʻlga qoʻyish tavsiya etiladi.

Kanalizatsiyada chiqindilar tiqilib qolishi.
Bu holatlar oʻtmishda sodir boʻlgan xafagarchiliklar, ushalmagan orzu va armonlarning natijasi boʻlishi mumkin. Bugungi kundan zavqlanib yashashga urinib koʻring.

Qulflar bilan bogʻliq muammolar.
Eshik qulflarining buzilishi yoki unda kalitlarning sinib, tiqilib qolishi ostonadan kirib keladigan salbiy energiya sababdan boʻlishi mumkin. Negativ fikrlarni uyga olib kelmaslikga odatlaning.

Narsalaringizni yoʻqotib qoʻyish yoki qayerdaligini eslay olmaslik.
Bunday unutib qoʻyishlar odatda, hayotda, jamiyatda oʻzini topa olmaslik natijasi boʻlishi mumkin. Xohish va istaklaringizni tartibga solish uchun yaxshi belgi.

Yangi remont qilingan devorlarda yoriqlar paydo boʻlishi.
Devor yoki shiftdagi yoriqlar oilaviy munosabatlarga alohida e’tibor qaratishga boʻlgan signaldir.

Elektr jihozlari bilan bogʻliq muammolar.
Maishiy texnikalarning buzilishi uydagi energetik maydon nosogʻlomligidan dalolat beradi. Oʻylab koʻring tez-tez uyda urush-janjallar, baqirishlar, munosabatlarni oydinlashtirish, xafagarchiliklar boʻlmayaptimi? Bularning barchasi elektr jihozlarining ishdan chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

Payqagan boʻlsangiz bizning uyimiz ichki holatlarimiz bilan chambarchas bogʻliq.

Bu narsalarga hech e’tibor qilganmisiz? Qaysi holatlar sizga tanish boʻldi?

Ayollar uchun foydali maslahatlar:
https://t.me/+SHNERB-bn7FhZjky