Get Mystery Box with random crypto!

'5 ta nima uchun' qoidasi Toyota kompaniyasi asoschisi Sakit | Ayollar psixalogiyasi

"5 ta nima uchun" qoidasi

Toyota kompaniyasi asoschisi Sakiti Toyoda hamisha "5 ta nima uchun" qoidasiga amal qilgan ekan.

Tushkun va tushunarsiz vaziyatga tushib qolgan paytlarida, u darhol mana shu usulni qo‘llagan va bu usul unga qo‘l kelgan. Bu juda oddiy. Masalan, aytaylik, siz mo‘ynali kiyimga ega bo‘lishni xohlayapsiz?!

O‘zingizga savol bering:
"Nima uchun men mo‘ynali kiyim xohlayapman?" Bu birinchi "nima uchun".
Javobingiz: "Chunki hammani ajablantirmoqchiman".

Ikkinchi "nima uchun": "Nima uchun hammani ajablantirmoqchisiz?"
Javobingiz: "Chunki menga hamma e’tibor berishini xohlayman".

Uchinchi "nima uchun": "Nima uchun sizga e’tibor berish kerak?"
Javobingiz: "Chunki mening o‘zimga bo‘lgan ishonchim past".

To‘rtinchi "nima uchun": "Nima uchun o‘zingizga ishonchingiz past?"
Javobingiz: "Chunki bir joyda o‘tirganim sababli, o‘zimni istaganimdek namoyon qila olmayapman".

Beshinchi "nima uchun": "Nima uchun o‘zingizni istaganingizdek namoyon qila olmayapsiz?"
Javobingiz: "Chunki men o‘zimga yoqmaydigan ish bilan shug‘ullanyapman".

Xo‘sh, endi javob beringchi, bu yerda sizning muammoyingizga mo‘ynali kiyimning nima aloqasi bor?

Sakiti Toyodaning ta’kidlashicha, beshinchi "nima uchun"ga berilgan javobda bir qarashda payqab bo‘lmaydigan asosiy sabab yashiringan. Beshinchi javobdagi "chunki" o‘sha yashiringan ma’noni ochib beradi. Agar xohlasangiz, o‘sha bechinchi "chunki"da o‘zingizning asl xohishingizni bilib olasiz. Bu usul ichingizda yashiringan hisni, hattoki o‘zingiz tan olishdan qo‘rqayotgan kamchiligingizni va aslida nima istashingizni tekshirishning eng samarali usuli hisoblanadi.

Ayollar uchun foydali maslahatlar:
https://t.me/+SHNERB-bn7FhZjky