Get Mystery Box with random crypto!

ONA BOʻSASI - Tabiiy vaksina Onaning farzandini oʻpish instin | Ayollar Maktabi

ONA BOʻSASI - Tabiiy vaksina

Onaning farzandini oʻpish instinktini uygʻonish sabablaridan biri bu farzandini gʻayriihtiyoriy ravishda kasallik tashuvchi viruslardan himoya qilishdir.Qanday qilib deysizmi?Ona farzandini yuzi, qoʻlchalari yoki tanasidan oʻpgan vaqtda goʻyoki bolaning oʻsha joyidagi virus va bakteriyalardan namuna olgandek boʻladi. Bu virus va bakteriyalar tabiiyki ona organizmiga tushadi. Onaning immun tizimi bu viruslarga qarshi antitelalar ishlab chiqaradi. Bu antitanalar oʻz navbatida ona suti orqali bolaga oʻtadi. Va tabiiy vaktsina vazifasini bajaradi. Bolada shu kasalliklarga nisbatan imunitet paydo boʻladi.Shu orqali ona birgina oʻpichi bilan jajji farishtasini unga yuqqan kasaliklardan himoyalaydi. Bu FAKT olimlar tomonida sinalgan va tajribadan oʻtkazilgan.Shunday ekan farzandingizni yanada koʻproq oʻpib turing

Allohning yana bir moʻjizasi bu!

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!