Get Mystery Box with random crypto!

1 yosh va undan kichik bolalar nafas yoʻliga yot jism tushgand | Ayollar Maktabi

1 yosh va undan kichik bolalar nafas yoʻliga yot jism tushganda birinchi yordam:

Bolani qorin sohasi bilan bir qoʻlingizga oling, yuzi (boshi) sizning kaftingizda mahkam tursin, bolaning boshi esa tanasiga nisbatan pastroq qo'ying.

Soʻng ikki kurak oraligʻiga ikkinchi qoʻlingiz kafti bilan 5 marotaba kuchli sirpanuvchi harakat bilan uring.

Agar yot jism chiqmasa:

Ikkinchi bosqich – bola yuzini yuqoriga qaratgan holda ko'krak o'rtasidagi toʻsh ustiga 2 barmoq bilan 5 marotaba turtki bering. Bu amalni bajarayotganda kuchli harakat qilmang, aks holda bola qovurgʻalarini sindirib qoʻyasiz.

Unutmang bunday vaziyatda vaqt juda kam boʻladi! Videoni yaqinlaringizga ulashing!

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!