Get Mystery Box with random crypto!

YUZDAGI DOGʻLARNI OSON KETKAZISH USULLARI 1 osh qoshiq suzma | Ayollar Maktabi

YUZDAGI DOGʻLARNI OSON KETKAZISH USULLARI

1 osh qoshiq suzma, 1 ta tuxum oqi va bir osh qoshiq oʻsimlik yogʻi obdan aralashtiriladi va yuzga qalin qilib surtiladi. 20-25 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlanadi. Muolaja samara sezilguncha bajariladi.

Yana bir usul: bir bogʻ shivit (ukrop) 0,5 litr suvda 10-15 daqiqa qaynatiladi. Belgilangan muddat oʻtgach, doka orqali suzib olinadi. Sovigach, ogʻzi yopiladigan idishda sovitgichga qoʻyiladi. Ana shu qaynatma bilan har kuni yuz artib turilsa, dogʻlar ketib, yuz terisi oqaradi.

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!