Get Mystery Box with random crypto!

AYOL HAQIDA Ayol uchun arzimas narsalar ham ulkan ahamiyatga | Ayollar Maktabi

AYOL HAQIDA

Ayol uchun arzimas narsalar ham ulkan ahamiyatga ega ekanini koʻp erkaklar bilmaydi, shuning uchun doim tutilib qolishadi.
Mahbubiy.

Ayolda fikr boʻlmaydi, deganlar adashadi, chunki ayolda har kuni yangi fikr boʻladi.
Bernard Shou

Ayol ikki narsaga hech qachon ishonmaydi:
erkakka va atirga.
Hind bint Mahlab.

Ayol mashʼalaga oʻxshaydi, erkak uni qanday tutishni bilsa yoʻlini yoritadi, tutishda xato qilsa kuydiradi!
Anis Mansur.

Erkak oʻtindir, ayol olov. Shayton esa olov va oʻtin orasidagi puflangan havodir.
Farang maqoli.

Xiyonatni ayol eng oxirida biladi, lekin, eng birinchi sezadi.
Mahbubiy.

Ayol qudratini mensimaydiganlar menimcha onasiz katta boʻlishgan.
Najib Mahfuz.

Ayol latofatini uch narsa yoʻqqa chiqaradi:
- qaysarlik;
- asabiylik;
- baland ovoz.
Vilyam Shekspir

Ayolning goʻzalligi koʻrinmaydi, u kashf etiladi.
Mahbubiy

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!