Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun onalarning oyoqlari ogʻrishini bilasizmi? Alloh t | Ayollar Maktabi

Nima uchun onalarning oyoqlari ogʻrishini bilasizmi?

Alloh taolo onaning bachadonidagi suyuqlikni haddan tashqari shoʻr qilib qoʻygan. Shuning natijasida, bachadon ichidagi homila vaznsiz holatda boʻladi. U doim suyuqlikning yuqori qismida boʻladi. Bolaga ozuqa kindigidan onaga bogʻlangan rishta orqali osongina kelib turadi.

Homilador ayol toʻyib taom isteʼmol qilmasa yoki koʻproq vaqt och qolsa, homilaga keladigan ozuqa onaning tishlari va suyaklarining erishi orqali qoplanadi. Shuning uchun aksariyat ayollarning yoshi oʻtgani sayin tishlari toʻkilishi, tizza va oyoqlarining ogʻrishi kuzatiladi.

Shuning uchun homilador ayollarning vaqtida va toʻyib ovqatlanishi oʻzlarining kelajakda sogʻlom boʻlishlarida juda muhim. Koshkiydi, onasining tizzasi yoki oyogʻi nima uchun ogʻriyotganini farzand bilganida, faqat oʻzini oʻylayvermasdan qanday qilib onasini rozi qilish ustida bosh qotirgan boʻlar edi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bejizga: “Jannat onalar oyogʻi ostidadur” demaganlar.

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!