Get Mystery Box with random crypto!

Homiladorlikni chiroyli oʻtkazish uchun tavsiyalar Yaratgan | Ayollar Maktabi

Homiladorlikni chiroyli oʻtkazish uchun tavsiyalar

Yaratgan sizni ulkan vazifa uchun tanladi. U sizga sizdan ham mehribon, kichkintoyingizga ham sizdan-da marhamatliroq.

Gormonal oʻzgarishlar bilan bogʻliq koʻngil aynish, hojatga tez-tez borish, bosh ogʻrigʻi va bel ogʻrigʻi homiladorlikni chiroyli boʻlishdan chalgʻitadi. Aslida haqiqat shuki; homiladorlikni hayotingizda eng esda qolarli va samarali hayot tajribasiga aylantirish yoki uni nolib, yigʻlab-siqtab shikoyatlar bilan oʻtkazish oʻzingizga bogʻliq.

Bajaradigan har ishingizda turmush oʻrtogʻingizni sherik qiling. Birgalikda oʻrganing va birga rivojlaning. Bu ota bolasiOʻz bilimlaringizni rivojlantiring. Homiladorlik va uning muammolarini qanday bartaraf etish haqida maʼlumot olish uchun kitoblar yoki maqolalar oʻqing, turli dasturlarda ishtirok eting va foydali seminarlarni tinglang. Bu xuddi shoʻngʻishdan oldin hovuzning chuqurligini bilishga oʻxshaydi. Sizni koʻp mashaqqatlardan xalos qiladi.

Badbin (pessimist) va tushkun kayfiyatdagi ona - bu badbin va tushkun bola degani. Yodingizda boʻlsin, depressiya - bu buzilishning retsepti. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, onaning ruhiy tushkunligi bolaning meʼyoriy rivojlanishini sekinlashtiradi, uning xotirasiga salbiy taʼsir qiladi va aqliy rivojlanish borasida ham kechikishiga sabab boʻladi.

Farzandingizga ovoz chiqarib kitob oʻqing. Bu asta-sekin bolaning kelajakdagi hayoti uchun oʻqish odatini singdiradi. Ushbu odatni shakllantiishda siz turmush oʻrtogʻingiz bilan hamkorlik qilishingizda foyda bor. Baʼzida, chaqaloqqa onasi kitob oʻqisa, baʼzida otasi bu ishni amalga oshirishi mumkin.

Agar siz unga nima ism qoʻyishga qaror qilgan boʻlsangiz, unga ismi bilan xitob qiling. Bu sizning hissiy aloqalaringizni mustahkamlashga yordam beradi.

Oʻzingizga mahram boʻlgan yaqinlaringiz bilan quchoqlashing. Bu stressga qarshi boʻlgan va ijtimoiy munosabatlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan oksitotsin gormoni chiqarilishiga sabab boʻladi.

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!