Get Mystery Box with random crypto!

OʻSMIR QIZLARDA ANOREKSIYA Anoreksiya bu kasallik va uchta b | Ayollar Maktabi

OʻSMIR QIZLARDA ANOREKSIYA

Anoreksiya bu kasallik va uchta belgi bilan namoyon bu‌ladi.
- Ovqatdan voz kechish
- Ovqatdan voz kechganligi uchun ozib ketish
- Organizmga oziq moddalar yetishmasligi natijasida hayz siklining toʻxtashi.

Kasallik asosan qiz bolalarda uchraydi, ammo u‌gil bolalarda ham uchrab turadi.Kasallik kelib chikish psixologik mexanizmlari:
- ulgʻayishdan qu‌rqish,
- ongsiz ravishda u‌zining bola tanasini saqlab qolish
- semizlik xunuklik belgisi degan ishonch yoki aksincha ozgʻinlik ideal obrazligiga ishonch
- judayam tana ogʻirligidan xavotirda bu‌ladi
- maneken qizlar hayot obraziga qizikishi kuchli bu‌ladi
- ozib ketayotganligini sizdan yashirishga xarakat qiladi.

Ota-onalar nima qilishlari kerak?
- Oʻsmir farzandingiz ozish uchun harakat qilayotganini koʻrsangiz, eʼtiborsiz boʻlmang.
- Oʻzingizniyam, uniyam ayblamang
aynan ovqatdan voz kechganligiga eʼtibor bering.

Oʻsmir qizlaringizda ushbu oʻzgarishlarni sezsangiz, darhol vrach terapevtga olib boring, kerak boʻlsa, vrach psixiatr ku‌rigidan u‌tishi lozim.

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!