Get Mystery Box with random crypto!

Otalar mavzusi: “Onalar ham charchaydi. Otalar - ularga yordam | Ayollar Maktabi

Otalar mavzusi: “Onalar ham charchaydi. Otalar - ularga yordam bering”

Koʻpchilik otalar farzand tarbiyasini toʻlaqonli onalarga tashlab qoʻyadi. Farzand tarbiyasida nafaqat onalar, balki otalarning ham oʻrni juda muhim. Shuning uchun otalar ham farzand tarbiyasiga jiddiy qarasinlar.

Ey otalar, buni qarang, rafiqangiz juda charchayabdi. Axir bola faqat uniki emasku. Otaning vazifasi faqat pul topish emas. Afsuski juda koʻp otalar shunday deb oʻylaydi va bu jarayonda onalar ham bunga koʻnikib qolgan.

Faqat maʼlum kunlardagina ota boʻlib, qolgan kunlari pul topadigan mashina boʻlib olmang. Siz ham farzandingiz tarbiyasiga xuddi turmush oʻrtogʻingizdek maʼsul ekanligingizni unutmang.

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!