Get Mystery Box with random crypto!

Bachadon tonusi oshishi homiladorlik davridagi patologiya bo’l | Ayollar Maktabi

Bachadon tonusi oshishi homiladorlik davridagi patologiya bo’lib, u miometriy mushaklarining, ya’ni bachadonning mushak qatlamining uzoq muddatli kuchlanishida namoyon bo’ladi.

O’z-o’zidan, bu patologiya kasallik deb hisoblanmaydi, ammo mushaklar tonusi oshishi homiladorlikni erta to’xtatilishiga yoki erta tug’ilishga sabab bo’lganligi uchun xavfli hisoblanadi.

Mushaklarning haddan tashqari spazmi homiladorlikning rivojlanishiga juda salbiy ta’sir qiladi:

embrionning endometriyga yopishishi qiyinlashadi;

normal yo’ldosh shakllanishida qiyinchiliklar paydo bo’ladi;

yo’ldoshning yoki uning qismining ko’chish xavfi rivojlanadi;

qon tomirlari siqiladi va homila yetarli kislorod ololmaydi, gipoksiya rivojlanadi;

ko’pincha bachadon tonusi yuqoriligi homila rivojlanishining kechikishi va turli xil anormalliklarning sababi bo’ladi.

Miyometriy mushaklarining kuchlanishining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

qorinning pastki qismida kuchlanish hissi;

qorinning pastki va pastki orqa qismida hayz paytida bo’lgani kabi og’riqli hislar;

homiladorlikning ikkinchi yarmida qorin qattiqlashishi, xuddi «tosh»dek qotishi;

homiladorlikning ikkinchi yarmida gipertoniklikni vizual ravishda ajratish mumkin.

Ko’pincha quyidagi omillar ushbu patologiya yuzaga kelishiga sababchilar hisoblanadi:

homiladorlik davridagi gormonal buzilishlar;

ayol tanasi ba’zi hollarda homilani xavfli begona jism sifatida bilishi va uni rad etishga intilishi;

bachadonning nostandart tuzilishi;

ginekologik kasalliklar: endometrioz, mioma, tuxumdon kistalari;

ayolning ruhiy-psixologik holati:

charchoq, uyqusizlik, stress;

avval o’tkazilgan abortlar, bachadondagi jarrohlik amaliyotlari;

magniy yetishmasligi;

homiladorlik davri oralig’ining kamligi;
zararli odatlar va noto’g’ri turmush tarzi.

Davolash shifokor nazorati ostida sabablarini oʻrgangan holda amalga oshiriladi.

Manba: lalu.uz

Sizda homiladorlik davrida bunday holat boʻlganmi?

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!