Get Mystery Box with random crypto!

Bolajonimiz uxlashidan avval Farzandingizga “xayrli tun” dey | Ayollar Maktabi

Bolajonimiz uxlashidan avval

Farzandingizga “xayrli tun” deyishdan oldin quyidagi savollardan bir-ikkitasini bering. Kun davomida “uni qil”, “esingdan chiqarma ”, “toʻgʻirla” kabi buyruqlardan boshqasiga vaqt yetmaydi. “Yostiq ostidagi savollar” oʻgʻil yoki qizalogʻingiz bilan qalbdan suhbatlashishga va farzandingiz haqida yanada koʻproq bilib olishingizga yordam beradi.

- nimalar haqida orzu qilishni yaxshi koʻrasan?

- sening qahramoning kim va nima uchun?

- agar oʻzgartirolganingda oʻzingdagi nimani oʻzgartirgan boʻlarding?

- oʻzingdagi nima bilan koʻproq faxrlanasan?

- atrofingdagi eng mehribon inson kim? Nega?

- eng yaqin doʻstingni qaysi tomoni senga koʻproq yoqadi?

- vazifa(ish)laringdan qaysi birini yanayam yaxshiroq bajarishni istarding?


Siz farzandingizni uxlatishdan oldin u bilan gaplashasizmi?

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!