Get Mystery Box with random crypto!

Farzandga ism qo'yish. Bolaga chiroyli ism qo‘yish ota­onanin | Ayollar Maktabi

Farzandga ism qo'yish.

Bolaga chiroyli ism qo‘yish ota­onaning farzand oldidagi mas’uliyatlaridan hisoblanadi. Islom tari xida bo‘lib o‘tgan ajoyib hodisalardan xabardor har bir otaona qanday sharoitda bo‘lmasin, farzandiga chiroyli, ma’nosi ham go‘zal ism qo‘yishga harakat qiladi.

Zero, ism o‘z egasining xulq­atvoriga, hatto taqdi ri ga ham ta’sir qilishi aytilgan. Qiyomat kuni har bir inson o‘z ismi bilan chaqiriladi.

Farzandga yaxshi ism qo‘yganidan keyin uni chala­yarim qilmay, to‘liq va go‘zal talaffuz qilish lozim. Afsus, ba’zi oilalarda ismni qisqartirib chaqirish odat tusiga kirgan. Masalan, «Abdulloh»ni (Allohning bandasi) “Abdi”, «Abdul» deyishadi, bu ish ism egasiga ham, Parvardigorga ham katta hurmatsizlikdir.

Farzand Tarbiyasi

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!