Get Mystery Box with random crypto!

Zararsiz ozishning 5 ta qoidasi Kuchli cheklangan monodieta | Ayollar Maktabi

Zararsiz ozishning 5 ta qoidasi

Kuchli cheklangan monodietalar qilmang.

Sababi bunday dietalar qilganda organizmga qaysidir kerakli moddalar kirmaydi.Bundan tashqari inson organizmi qattiq cheklangan narsaga nisbatan kuchli xohish paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bunday dietalardan keyin odam o‘zini to‘xtatolmay yeydi va 2 barobar vazn qo‘shadi.

Koʻp emas, kerakli miqdorda suv iching.


Har bir insonning bir kunlik suv ichish normasi bor. Buni formula orqali oson xisoblash mumkin:
30 ml 1 kg vaznga=Bir kunlik suv normasi.
Masalan: men 60 kg man
30ml 60kg=1800 ml.
Demak men bir kunda 1800 ml (1,8litr) suv ichishim kerak.

Kam uxlamang.

Kam uxlash ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi. Amerikalik va belgiyalik olimlar tekshiruvlariga ko‘ra kam uxlagan vaqtda (4-5 soat va undan kam) inson organizmida ba’zi gormonlar muvozanati buziladi: Bunda bir necha ming tekshiruvchi 1-2 xafta muddat 4-5 soat uxlagan. Va ularni qonida:
•grelin(ishtaha ochadigan gormon) oshganini;
•leptin (to‘yish hissini beruvchi gormon) kamayganini aniqlashgan.
Shu sabab ozmoqchi bo‘lsangiz 7-8 soatdan kam uxlamang.

Juda tez ozmang.

Inson organizmi uchun 1 oyda 2 kg ozish eng xavfsiz hisoblanadi.Qisqa muddatda ko‘p vazn tashagan ayollarning 95% i shu vaznni tezda qaytib tiklab oladi. Kunlik kaloriyani 1200 kkaldan kamaytirmang.

Ovqatni tez yemang.

Miyaga to‘yganingiz haqida informatsiya kechroq yetib keladi. Shu sabab:
Ovqatni sekin iste’mol qiling (ko‘proq chaynab);
Biroz ochroq holda ovqatlanishni to‘xtating (ya’ni to‘yguncha, bo‘kib yemang);
Ovqat vaqti boshqa narsaga chalg‘ib yemang (telefon, televizor). Chunki chalg‘ib ko‘p yeb qo‘yganingizni va to‘yganingizni bilmay qolishingiz mumkin.

Sizda ozish uchun yana qanday tavsiyalar bor? Izohlarda boʻlishing.

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!