Get Mystery Box with random crypto!

Erkaklar va ayollarning psixologik farqi Olimlarning fikrich | Ayollar Maktabi

Erkaklar va ayollarning psixologik farqi

Olimlarning fikricha, ayollar asosan tinch va standart shart-sharoitlarda yaxshi natijalarni ko‘rsatar ekanlar. Masalan, miltiqdan otishda, osoyishta va xotirjam holatda erkaklar ularga merganlikda yeta olmaydilar. 

Ayni paytda, ikki-uch xil ishni bajarish, noodatiy va asabiy vaziyatlarda (bir jinoyatchiga nisbatan qurol ishlatish kabi) ayollarda “tir”dagi merganlikdan asar ham qolmas ekan. Erkaklar bo‘lsa buning aksi, tezkor vaziyatlarda yuqori aniqlik va tartib bilan qurol ishlatishga qobiliyat paydo bo‘larkan. Ya’ni, erkaklarda ruhiy-psixologik holat ancha mo‘tadil, bosiq bo‘lganligi uchun tezda vujudga kelgan nostandart vaziyatni to‘g‘ri baholab, shunga muvofiq harakat qilish, nazariyani amalga tatbiq qilish ancha yaxshi rivojlangan ekan.

Bu borada misollar ko‘p, bu yerda hammasini keltirib o‘tirmadim. Ajabmaski, shuning uchun ham, balki, ba’zi kasblar – jarrohlik, fuqaro aviatsiyasida uchuvchilik, «Formula 1»  boshqa shu singarilarda ishlovchilarning 99,9%ini erkaklar tashkil qilsa. 

Erkaklar to‘g‘ri ma’noda tug‘ma “ovchi”: jismonan va psixologik kuchli, oilaning moddiy ta’minotchisidir. Bu – Allohning hikmati. Erkakning oilaga bosh bo‘lish vazifasi shu sababdan yuklatilgan bo‘lsa, ehtimol. 

Boshqa tarafdan qarasak, ayollar uchun oddiy bo‘lgan kundalik uy yumushlarini erkaklar umuman qila olmaydilar. Shuning uchun erkak va ayol o‘ziga xos bo‘lgan ishni qilishi to‘g‘riroq bo‘lsa kerak.

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!