Get Mystery Box with random crypto!

Ketoparhez haqida eshitganmisiz? Ketoparhez va tarkibida oz | Ayollar Maktabi

Ketoparhez haqida eshitganmisiz?

Ketoparhez va tarkibida oz miqdorda uglevodlar bo‘lgan taomlar ortiqcha vazndan qutulishga va saratonning ko‘plab turlari rivojlanishi ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda olimlar Cell Repors jurnalida ma'lum qilishdi.

"Endi biz saraton hujayralarini nafaqat o‘ldiramiz, balki tanadagi glyukoza miqdorini kamaytirib ularning o‘sishini ham sekinlashtira olamiz. Bu kashfiyot o‘smalarga qarshi kurashishga qarashimizni o‘zgartirishga majbur qilishiga ishonaman", — deb ma'lum qildi Texas universiteti olimi Jyey Kim.

Ketoparhez fitnes va sport ishqibozlari orasida keng ommalashmoqda. Uning boshqa parhezlardan farqi shundaki, undagi kaloriyalarning asosiy qismini uglevodlar emas, yog‘ va oqsillar tashkil etadi. Bunday almashish miya va tananing boshqa a'zolarini asosiy quvvat manbai sifatida glyukozadan emas, yog‘ kislotalari va ketonlardan foydalanishga majbur qiladi.

Ketoparhezda zarur mahsulotlar ro‘yxati:
Parranda va hayvon go‘shti, baliq (yog‘lisi ham), tvorog, tuxum, pishloq, yong‘oqlar, sabzavotlar (hammasi emas), sut.

Aytish lozimki, sabzavotlar tarkibida uglevod kam. Shuning uchun ularning umumiy kaloriyasini hisobga olish zarur (bir sutkada 50 grammdan oshmasligi lozim). Masalan, turli ko‘katlar ketoparhezga juda mos, chunki tarkibida uglevod o‘ta kam.
Go‘sht va sut mahsulotlarini yetarlicha iste’mol qilish mumkin. Go‘shtlardan eng yaxshisi kurka va tovuq go‘shtidir. Baliqlardan losos va seld yeyish kerak.

Ketoparhezda quyidagi mahsulotlar iste’moli qat’iyan taqiqlanadi:
Yormalar, uzum, banan, yopib pishirilgan yemaklar, lavlagi, sabzi, kartoshka, makaron, shakar.

Ketoparhez haqida fikringiz qanday? Izohlarda boʻlishing.

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!