Get Mystery Box with random crypto!

Воlаni 7 qadamda gorshokka o'rgatish (3-qism) 4-qadam Bolag | Ayollar Maktabi

Воlаni 7 qadamda gorshokka o'rgatish (3-qism)

4-qadam

Bolaga hissiyot bilan jarayonni o'rgating

Bu bosqichda bola organizmidagi hissiyotlarni tushuna bilib, gorshokka borishni, gorshokka o'tirib ishini qilishini anglay olishi zarur. Boshida siz uning kuzatuvchisi va yo'l boshllovchisi bo'lasiz. His qildi »»» gorshokka bordi yoki his qildi »»» onasiga aytdi.

5-qadam

Bolani butunlay pamperssiz qoldirib, o'rgatuvchi ishtonlarda olib yuring

Bu ishtonlar oddiy ishton bo'lib, faqat oson yechiladigan va tez quriydigan bo'lishi kerak.

6-qadam

Bolangizga yoshiga qarab ishtonini yechish, kiyish va ishini qilib bo'lgach qo'lini yuvishni o'rgating.

Bolangizni yutuqlari uchun ko'p maqtang, boshida ko'p sodir bo'ladigan "avariyalarga" ko'zingizni yuming..

7-qadam

Hamma ishni surib qo'yib, butunlay bolangiz bilan birga bo'ling

Bunda siz bolangizni doim kuzatib borib, uning gorshokka borish xohishini vaqtida seza olasiz, vaqtida unga yo'l ko'rsata olasiz, borib borib bola nima qilayotganini tushuna oladi.

Shuni unutmang, gorshokka o'rgatayotganingizda kechalari dam bering. Kunduzi gorshokka borishni o'rgangan bola, 2-3 haftalarda kechasi ham pamperssiz uxlashga o'rganadi.

Agar bolangiz sizning barcha qilgan iltimoslaringizga qaramay gorshokka o'tirishdan bosh tortsa, demak u hali tayyor emas. Shu deb uni qiynamang. Bu borada "vaqtlidan ko'ra kechroq" degan ibora o'rinli bo'ladi. Xavotir olmang, bolangiz bir ozdan so'ng albatta tayyor bo'ladi!

Shaxsiy tajribalaringizni izohda qolganlar bilan bo‘lishing

Ayollar Maktabi — Barchasi ayollar uchun!